Biz – “O‘yinchoqlar Fabrikasi” – 29 yillik tajribaga ega, xavfsizlik va sifatni birinchi o‘ringa qo‘ygan kompaniyamiz. O‘zbekistondagi o‘yinchoqlar bozorida yetakchimiz va xalqaro hamkorlar bilan ishlaymiz.
Missiya va maqsadlar
Bolalar uchun o‘yinchoq nafaqat o‘yin vositasi, balki ularning intellektual va ijodiy rivojlanishi uchun muhim omildir. Shuning uchun biz mahsulotlarimizni ekologik toza va xavfsiz materiallardan tayyorlaymiz. Har bir o‘yinchoq xalqaro sifat standartlariga mos keladi va zararli kimyoviy moddalar tarkibiga ega emas. Bizning asosiy maqsadimiz – bolalarning sog‘lom va baxtli bolalik kechirishini ta’minlashdir.
Bolalarga xavfsiz va sifatli o‘yinchoqlar taqdim etish.
Biz o‘yinchoq do‘konlari va distribyutorlar uchun ishonchli hamkor bo‘lishni maqsad qilganmiz. Mahsulotlarimizni o‘z vaqtida va sifat kafolatlari bilan yetkazib beramiz. Doimiy hamkorlarimiz uchun maxsus chegirmalar, moslashuvchan yetkazib berish shartlari va biznesni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi xizmatlarni taklif etamiz. Uzoq muddatli sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish biz uchun ustuvor vazifadir.
O‘yinchoq do‘konlariga ishonchli yetkazib beruvchi bo‘lish.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan sifatli o‘yinchoqlarni xalqaro miqyosda tanitish – bizning strategik maqsadimizdir. Eksport imkoniyatlarini kengaytirish va chet el mijozlari uchun milliy dizayndagi o‘yinchoqlarni taqdim etish ustida ishlaymiz. “Made in Uzbekistan” yorlig‘i ostida milliy an’analarga mos, innovatsion va kreativ mahsulotlar ishlab chiqarib, jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishni rejalashtirganmiz.
Xalqaro bozorda milliy brendni targ‘ib qilish.
mijozlarning fikrlari
"Sizning mahsulotlaringiz bilan biznesimiz o‘sishda davom etmoqda."
Toymix
"Biz uchun sifat va xavfsizlik birinchi o‘rinda, bu jihatlarni siz doim kafolatlaysiz."
Balbobek
Mahsulotlar xavfsizlik sertifikatiga egami?
F.A.q
Ha, barcha mahsulotlar xalqaro xavfsizlik talablariga mos.
Qaysi davlatlarga eksport qilasiz?
Lorem ipsum dolor sit amet
Biz bilan hamkorlikni boshlang!
Mahsulotlarimizga qiziqgan bo'lsangiz va hamkorlik qilish istagida bo'lsangiz ushbu formani to'ldiring, biz o'zimiz siz bilan bog'lanamiz